Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Shtutgart amaliy fanlar universiteti (The Hochschule für Technik Stuttgart) o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Shtutgart amaliy fanlar universiteti (The Hochschule für Technik Stuttgart) o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Shtutgart amaliy fanlar universiteti (The Hochschule für Technik Stuttgart) o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu onlayn uchrashuv davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Germaniyaning yetakchi Shtutgart amaliy fanlar universiteti (The Hochschule für Technik Stuttgart) o‘rtasida ilmiy va akademik faoliyat doirasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.
Memorandumda ikki universitet professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan . Shuningdek, tomonlar kelgusida istiqbolli hamkorlik rejalarini, ya’ni bakalavr va magistratura bosqichida qo‘shma dasturlarlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildilar.