
19 oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi” mavzusi doirasida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi loyiha menejeri Sherzod Saparov “Harakatlar strategiyasi” davlat dasturini bajarilishi bo‘yicha 2017 yil yakunlari” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida universitet talabalari: Miroqil Yoriqulov “So‘nggi texnologiyalar” va Ulug‘bek Ismatov “TATUda yaratilgan internet televideniya” mavzularidagi taqdimotlari ham tinglandi.