Talabalar diqqatiga! "Yoshlar ittifoqi" stipendiyasiga hujjatlar topshirish muddati 15 noyabrga qadar uzaytirildi

  • Asosiy
  • Talabalar diqqatiga! "Yoshlar ittifoqi" stipendiyasiga hujjatlar topshirish muddati 15 noyabrga qadar uzaytirildi
Joriy yilning 21 oktabr kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Ijroiya Qo'mitasining "Oliy ta'lim muassasalarida bakalavr bosqichi talabalari uchun "O'zbekiston yoshlar ittifoqi" stipendiyasini joriy etish to'g'risida"gi 01-04-/102-sonli qarori imzolandi.
Stipendiya Nizomiga ko'ra, stipendiya yilning o'n oyi davomida to'lab boriladigan to'lov bo'lib, stipendiyaning bir oylik summasi eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida belgilandi.
Stipendiyaga nomzodlarni saralash tartibi quyidagicha belgilandi.
• Stipendiyani qo'lga kiritish uchun respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalarining bakalavr (birinchi va yakunlovchi bosqich talabalaridan tashqari) talabalari hujjat topshirishlari mumkin.
• nomzodlarning hujjatlari o'tgan o'quv yilida faqat yaxshi va a'lo baholarga o'zlashtirgan taqdirda qabul qilinadi.
Stipendiya uch bosqichda tashkil etiladi:
Birinchi bosqich - nomzodlarni anketa va hujjatlari Ittifoqning oliy ta'lim ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlarida har o'quv yilining 10 noyabrga qadar qabul qilinadi; (15 noyabrga qadar Ittifoqning tuman Kengashi topshiriladi)
Nomzod quyidagi hujjatlar taqdim etishi lozim:
- nomzod anketasi;
- fuqarolik pasport nusxasi;
- 2 dona (3x4 razmerdagi) rasm;
- Ittifoqning OTMdagi yoshlar yetakchisidan hamda Ittifoqning tuman Kengashi raisidan tavsiyanoma;
- nomzodning fanlarni o'zlashtirish ko'rsatkichi aks ettirilgan ma'lumotnoma;
- nomzodning iqtidori va faolligini ko'rsatuvchi hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat va boshqa hujjatlar);
- nomzodning faolligi va iqtidorini ko'rsatuvchi ilmiy-publisistik materiallar (to'plamlar yoki matbuotda chiqqan ilmiy maqolasi, tezislari, publisistik maqolasi);
- nomzodning Ittifoq tomonidan ta'sis etiladigon tanlov va targ'ibot tadbirlariga taklifi hamda innovatsion go'yasi (chop etilgan holda 300 so'zdan oshmagan yoki prezentatsiya ko'rinishida)
Ikkinchi bosqich - saralash bosqichi bo'lib, mazkur bosqichda Ittifoqning hududiy Kengashi qoshida ishchi guruh tuzilib, hududdagi barcha OTMlaridan kelgan nomzodlarning hujjatlarini o'rganib chiqiladi va ularning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan test imtixonlari o'tkaziladi. Yuqori ball to'plagan har bir OTMlardan 5 nafargacha nomzodlar saralanib olinadi hamda ularning hujjatlari Markaziy Kengashga taqdim etiladi.
Uchinchi bosqich - yakuniy bosqich bo'lib, mazkur yo'llanma olgan ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyiha taqdimoti baholanadi. Markaziy Kengashning yo'nalishlar bo'yicha bo'lim mudirlaridan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan nomzodning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-huquqiy savodxonligi hamda loyihasi taqdimotiga qaratilgan suhbat tashkil etiladi. Suhbat natijalariga ko'ra munosib deb topilgan hamda baholash natijalariga ko'ra yuqori ball to'plagan nomzodlar stipendiya sohibi deb topiladi.

Stipendiyaga talabgorlar fakultet yoshlar yetakchilariga hamda Universitet yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz mumkin!