Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Respublika Oliy taʼlim kengashining 2020 yil 3 martdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlarning startap-loyihalari tanlovini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qoʼshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Pandemiya sharoitida onlayn muloqot imkoniyatlar sifatini yuqori darajaga ko‘tarish” shiori ostida startap-loyihalari tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov uchun online ko‘rinishida startap-loyihalarni qabul qilish maqsad qilib olingan, ishtirokchilar o‘zlarining g‘oyalarini uch kun davomida 29-30 may vа 1 iyun kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar Zoom platformasi yordamida namoyish qilishlari kerak.
Tanlov online ko‘rinishida 2020 yiL 3 iyun kuni 11:00 ZOOM platformasi orqali amalga oshiriladi.
Tanlovda univerisitetning bakalavr va magistr talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Moderator: Rajabov Ozod, Boltayev Farrux
Rasmiy havola: https://us04web.zoom.us/j/72444165409?pwd=VS83UG4zOElFYisvS0VxcTErSGpodz09
Identifikator ID: 724 4416 5409
Parol: 1f6JkZ
Ma’lumot uchun: tel: 238-64-55
TATU matbuot xizmati