DIQQAT TANLOV!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan talabalar va yosh olimlar uchun o‘z innovatsion startaplarini yaratish va tadbirkorlik sohasida o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida respublika oliy ta’lim muassasalari yosh olimlari va iqtidorli talabalarining “STARTAP” loyihalarini rivojlantirish loyihasining 2-bosqichi boshlanganini ma’lum qilamiz.

Ikkinchi bosqichga hujjatlar joriy yilning 6-31 mart kunlari onlayn tarzda qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha Usmon Raximjonov (Savdo-sanoat palatasi)ga murojaat qilishingiz mumkin. Ma’lumot uchun: 150-12-60