Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 12 nafar professor-o‘qituvchilaridan iborat guruh Koreya Respublikasining Kookmin Universitetida stajirovka dasturi doirasida amaliyot o‘tashmoqda.
Ushbu stajirovka davomida Kookmin universiteti faoliyatini sohalar kesimida o‘rganish, jumladan, akademik faoliyat, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, talabalar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot loyihalarini baholash hamda talablarni ishlab chiqarish bilan transformatsiyasini amalga oshirish va sanoat korxonalari bilan hamkorlik shuningdek, ishlab chiqarishning real sektorida amaliyotlar tashkil etish mexanizmlarini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.
📄 Ma’lumot uchun: Hozirgi kunda universitet 72 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mazkur universitetlar bilan malaka oshirish, tajriba almashish va qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etilmoqda. Shuningdek, universitetda ERASMUS+, UNESCO, NIA, JICA va KOICA grant loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, universitetda Koreya Respublikasining KOICA agentligi, TATU hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda 2022-2027-yillarga mo‘ljallangan qiymati 5 million dollar bo‘lgan “TATUda Global IT Biznes ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish hamda FabLab tashkil etish” (Establishing an Innovative Business IT Education Ecosystem at the Tashkent University of Information Technologies) nomli grant loyihasi amalga oshirilmoqda.