Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida TATU rektori B.Maxkamov, Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari S.Salayevlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Uchrashuv davomida Raqamli texnologiyalar vaziri buyrug‘i bilan TATU Urganch filialiga direktor sifatida Sh.Ismoilov tayinlangani e’lon qilindi.
🗳 Uchrashuvdan so‘ng fuqarolar sayyor qabuli o‘tkazildi. O‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolarning, abituriyentlar va ularning ota-onalarining murojaatlari o‘rganilib, ular bilan muloqot qilinib, ko‘plab murojaatlar joyida hal qilindi.