TATU talaba-qizlari sport musobaqalarida

  • Asosiy
  • TATU talaba-qizlari sport musobaqalarida
Talaba yoshlarning dam olish vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda ularning sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi boshlang'ich tashkiloti tomonidan qizlar o'rtasida sport musobaqasi tashkillashtirildi.
Musobaqa talabalar turar joyida tashkil etilib, unda qizlar sportning shaxmat, shashka hamda stol tennisi bo'yicha o'zaro bellashdilar. Musobaqa juda ham qiziqarli va ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Musobaqa natijalariga ko'ra shaxmat bo'yicha faxrli birinchi o'rinni 221-17 guruh talabasi Ismatova Iroda, ikkinchi o'rinni 223-17 guruh talabasi Bultakova Hulkar, uchinchi o'rinni 422-17 guruh talabasi Jo'rayeva Rayhon; shashka bo'yicha faxrli birinchi o'rinni 692-17 guruh talabasi Hamroqulova Gulzira, ikkinchi o'rinni 227-17 guruh talabasi Umurqulova Sevara, uchinchi o'rinni 690-15 guruh talabasi Bozorova Madina; stol tennisi bo'yicha faxrli birinchi o'rinni 215-17 guruh talabasi G'aniyeva Nigora, ikkinchi o'rinni 713-15 guruh talabasi Sultonova Rushana va uchinchi o'rinni 216-17 guruh talabasi Hamidova Sarvinoz qo'lga kiritdilar.
Musoba g'oliblari boshlang'ich tashkilot tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Musobaqani tashkillashtirishda faol ishtirok etgan boshlang'ich tashkilotning qizlar yo'nalishi yetakchisi Husniya Salimovaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!