“SOG‘LOM TANDA - SOG‘ AQL”

  • Asosiy
  • “SOG‘LOM TANDA - SOG‘ AQL”

16 yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya kafedrasi bilan hamkorlikda fakultetlar va bo‘limlar professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlaridan iborat guruhlar o‘rtasida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada Televizion texnologiyalar fakulteti, ATM markazi, Telekommunikatsiya texnologiyalar fakulteti, Dasturiy injenering fakulteti, Kompyuter injenering fakulteti, BGUIR, Bo‘lim boshliqlari jamoalari ancha faol bo‘lishdi.

Bahslar natijasida TATU-BGUIR jamoasi I-o‘rinni, KIF jamoasi II-o‘rinni, Bo‘lim boshliqlari jamoasi III-o‘rinni ko‘lga kiritdilar.

Musobaqadan maqsad: Universitet o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida do‘stona muhitni yo‘lga qo‘yish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanib borishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat bo‘ldi.

Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalarga universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu bilan birga, 17 yanvar kuni TATU Yoshlar ittifoqi faollari boshchiligida universitet talabalari o‘rtasida ham sportning mini-futbol, armleystring, shaxmat turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Tashkil etilgan musobaqalarda 400 dan ziyod talabalar qamrab olindi. Mini-futbol bo‘yicha eng ko‘p bo‘lgan 22 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, shaxmat musobaqasida 100 nafardan ortik, armleystringda esa 30 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

Musobaqalar natijalariga ko‘ra:

Mini-futbol bo‘yicha 1-o‘rinni “831-guruh” jamoasi, 2-o‘rinni “Shunqorlar” jamoasi, 3-o‘rinni “Qalqonlar” jamoasi qo‘lga kiritdi;

Shaxmat musobaqasida 1-o‘rin – Olim Po‘latovga, 2-o‘rin – Elamon Turdiyev,  3-o‘rin - Ulug‘bek Shamsiyevga nasib qildi.

Armleystring turnirida esa 75 kg gacha bo‘lganlar o‘rtasida: 1-o‘rin - Sardor Narzullayev, 2-o‘rin - Sherzod Sheraliyev, 3-o‘rin – Jasurbek Isoqovga;

75 kg dan ortiq vaznlilar o‘rtasida esa 1-o‘rin – Eljahon Normo‘minov, 2-o‘rin - Mavlon Mamatkulov, 3- o‘rin – Ulug‘bek Xamzayevlarga nasib qildi.