
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida “Sog‘lom inson-sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi - Samarqand 2025” doirasidagi “Balli qizlar” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi va unda barcha filiallardan iqtidorli qizlar faol ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar quyidagi tanlov shartlari boʻyicha bellashdilar:
- “Tanishtiruv”
- “She’riyat”
- “Erkin mavzu”
🌷 Koʻrik tanlov talaba-qizlarning iste’dod va mahoratini namoyon qilish, ularga ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish maqsadida o‘tkazildi. Koʻrik tanlov koʻtarinki ruhda oʻtdi.
Tadbirda quyidagi ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
🥇 1-o‘rin. TATU talabasi Muxammadova Mushtariybonu Otabekovna
🥈 2-o‘rin. TATU Nukus filiali talabasi Baltabayeva Aynura Yunusovna
🥉 3-o‘rin. TATU Samarqand filiali talabasi Mustafayeva Anora Ulugbek qizi
✅ Bundan tashqari, ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha e’tirof etildilar.
✈️@tuituz_official