Sizni Yevropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi tomonidan moliyalashtirilayotgan "Kosmik aloqa va tizimlar injiniringi bo’yicha yangi ta’lim dasturlari - (SPACE.COM)" loyihasi doirasida loyihaning O’zbekistondagi hamkor universitetlariga uskunalarni yetkazib berish bo’yicha o’z takliflaringizni berishga taklif etamiz (asosiy hujjatning III-qismidagi texnik shartlarni ko’ring).
Loyiha haqida. "Kosmik aloqa va tizimlar injiniringi bo’yicha yangi ta’lim dasturlari - (SPACE.COM)" (loyiha raqami 609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBHE-JP) oliy ta’lim sohasi salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan, Evropa Ittifoqining (EI) Erasmus+ dasturi doirasida moliyalashtirilgan uch yillik davomiylikdagi, 2019 yilda boshlangan ko‘p mamlakatli qo‘shma loyihadir. Loyihaning maqsadi kosmik tizimlar va kommunikatsiyalar injiniringi (SPACE.COM) yo‘nalishi bo‘yicha yangi o‘quv dasturini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston kosmik tizimlari injiniringini rivojlanishining barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Ushbu loyiha mehnat bozori va Evropa Ittifoqining ilg‘or tajribasi va Boloniya jarayoniga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun yetarli sharoit yaratishga xizmat qiladi.
1-Tender SPACECOM - Satellite Construction LAB1
2-Tender SPACECOM - Ground Station LAB2
3-Tender SPACECOM - Additional Equipment