3-oktabr kuni 2020-2021 oʻquv yili uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tavsiyanoma asosida hujjat topshirgan abituriyentlarning sirtqi taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat oʻtkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga jami 20ta tashkilotdan tavsiyanoma asosida 150 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Shulardan 86 nafari suhbatga qatnashgan.