“SI: g‘oyadan – amaliyotga” amaliy tadqiqotlar tanlovida ishtirok eting!

  • Asosiy
  • “SI: g‘oyadan – amaliyotga” amaliy tadqiqotlar tanlovida ishtirok eting!

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va ustuvor loyihalarni amalga oshirish maqsadida Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar tanlovi eʼlon qilindi.

✅Tanlovga bajarish muddatlari 3 yilgacha bo‘lgan loyihalar qabul qilinadi.

🗣Amaliy tadqiqot loyihasini bajarish davri bo‘yicha loyiha qiymati quyidagi miqdorlardan oshmasligi lozim:
-bajarilishi bir yil bo‘lgan amaliy tadqiqot loyihasi – bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 3 000 barobarigacha;
-bajarilishi ikki yil bo‘lgan amaliy tadqiqot loyihasi – BHMning 5 000 barobarigacha;
-bajarilishi uch yil bo‘lgan amaliy tadqiqot loyihasi – BHMning 7 500 barobarigacha.
Tanlovga taqdim etiladigan loyiha talabnomalari davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 1-dekabrgacha (shu kuni ham 23:55 ga qadar) faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

☎️ Ma’lumot uchun telefon: 71 203-32-23 (246/425/219).

🌐Batafsil