Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938-yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillar mobaynida “Bolalar nashriyoti” muharriri, “Oʻzbekiston davlat nashriyoti” bo‘lim mudiri, 1953-yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953-yildan 1980-yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida ushbu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, o‘ziga xos she’riyati bilan minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste’dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.
Joriy yilning 2-mart kunida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining katta majlislar zalida “Bahor keldi seni soʼroqlab” shiori ostida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda TATU talabalari shoira Zulfiya ijodidan namunalar keltirishdi. Jumladan, tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan Zalfiyaxonim hayoti bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiqlar hamda raqslar ham tadbir doirasidan o‘rin oldi.
Tabdirni tashkil etishda faollik ko‘rsatganligi uchun “Chet tillari” kafedrasi, xotin qizlar qoʼmitasi boshlangʼich tashkiloti hamda universitet talabalari minnatdorchilik sifatida faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
TATU matbuot xizmati