Shoira Zulfiya tavalludining 106 yilligi munosabati bilan “ Baxor keldi seni so‘roqlab ” nomli tadbiri.

  • Asosiy
  • Shoira Zulfiya tavalludining 106 yilligi munosabati bilan “ Baxor keldi seni so‘roqlab ” nomli tadbiri.

Bugun bahorning ilk kuni. Bu sana xalqimizning taniqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun ekanligi bilan yanada ahamiyatlidir.

Shu munosabat bilan  Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari  universitetining talabalar turar joyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni XQK raisi X,J,Sultanova  ochib berdi. Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat bo‘lib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, go‘zal she’riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o‘qishlari va shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekanligi,o‘nlab kitoblari o‘zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olganligi,shuningdek  ko‘plab taniqli xorij ijodkorlari asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girganligi xususida so‘z yuritdi. Zulfiya nafaqat badiiy ijodi bilan, ayni paytda o‘zbek ayoliga xos vafo va sadoqat timsoli sifatida ham xalqimiz mehrini qozongan.

Tadbir doirasida Zulfiya hayoti haqidagi kompozitsiya, shoira she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir orqali talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tdi.