

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Baxtiyor Maxkamov Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Shin Myong Sopni ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun TATUning faxriy medali bilan taqdirladi.
👍Janob Shin Myong Sop rahbarligida KOICA va TATU o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilib, mamlakatimizda zamonaviy Business IT yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, innovatsion Living Lab markazini tashkil etish hamda talabalar uchun amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratish borasida muhim natijalarga erishildi.
☑️Bugungi kunda TATU, KOICA va Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan yirik loyiha O‘zbekiston IT ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh mutaxassislarning xalqaro standartlar asosida tayyorlanishi va innovatsion ekotizimni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
♻️ TATU jamoasi janob Shin Myong Sopga samarali hamkorlik, doimiy qo‘llab-quvvatlash va ta’lim hamda ilm-fan sohalarini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildiradi hamda kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.