Shimoli-g'arbiy harbiy okrugiga sayohat qilishdi

  • Asosiy
  • Shimoli-g'arbiy harbiy okrugiga sayohat qilishdi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialining Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta'lim fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari Shimoli-g'arbiy harbiy okrugiga sayohat qilishdi

Sayohat davomida talaba-yoshlarimiz harbiy qismdagi askarlarga yaratilgan sharoitlar, ularning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, sayohat davomida talaba-yoshlar orasida kamondan o'q otish, shaxmat va shashka, arqon tortish, stol tennis singari musobaqalari ham tashkil etildi.

Bir so'z bilan aytganda, Nukus garnizoniga bo'lgan sayohat barcha talabalarimizda Vatanga bo'lgan muhabbati, Vatanga bo'lgan sadoqati yanada oshadi.