Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtida “Talaba-yoshlar hayotida she’riyatning o’rni” nomli tadbir bo’lib o’tdi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеtida “Talaba-yoshlar hayotida she’riyatning o’rni” nomli tadbir bo’lib o’tdi
Yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ma’naviyatini boyitish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda she’riyatga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida joriy yilning 24 may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkеnt axborot tеxnologiyalari universitetida “Talaba-yoshlar hayotida she’riyatning o’rni” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Univеrsitеtning iqtidorli va ijodkor yoshlari tomonidan yozilgan she’rlar to’plamidan iborat “SHE’RIYAT SHAYDOLARI” nomli kitob chop etilganligi munosabati bilan, universitet xotin qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda “Kamolot” YIH boshlang’ich tashkiloti tomonida tashkil etilgan ushbu tadbirda kitobdagi she’rlar mualliflari bo’lgan bir qator universitet yoshlari taqdirlandilar. Tadbir kitob taqdimoti, O’zbekiston san’at va madaniyat instituti hamda universitet iqtidorli yoshlarining she’riy va musiqali chiqishlari bilan davom etdi.