Bugun, 9-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Tatariston Bosh vaziri o‘rinbosari Shayxutdinov R.A boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
🗒Uchrashuv davomida IT-ta’lim sohasidagi istiqbollari haqida muhokamalar qilindi. Shuningdek, universitetlar o‘rtasida turli darajadagi almashinuvlar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirishda bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohazalar almashildi.
📊So‘ngra delegatsiya a’zolari universitet haqida taqdimotlar, erishilayotgan yutuqlari, bugungi kundagi IT sohasida kadrlar tayyorlashdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.