Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi forum bo‘lib o‘tdi
🔹Joriy yilning 31-may kunidan 2-iyun kuniga qadar “Yoshlar innovatsiyasi – kelajak texnologiyalari” mavzusida Shanxay hamkorlik tashkilotining ilmiy-texnik va innovatsion forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlar uchun dolzarb bo‘lgan innovatsiyalar sohasida hamkorlik, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, va boshqa sohalarda fikr va tajriba almashinishdan iborat.
🏛2022-yil 1-iyun kundagi forumda “Yevropa va va Osiyoda infrastrukturani va raqamli hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi yalpi sho‘basida Muhammad al-Xorzamiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov nutq so‘zladi hamda muhokamalarda ishtirok etdi.
✅Mazkur sho‘bani Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik bosh direktori N.Muxiddinov olib borgan bo‘lsa, qolgan ma’ruzachilar – Qozog‘istonning Telekommunikatsiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari – Z.Xudaibergenova hamda Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vaziri o‘rinbosari T.Kalikov bo‘ldilar.
📌Ma’lumot uchun: Mazkur forumda 500 dan ortiq ishtirokchilar qatnashayotgan bo‘lib, unda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning AKT va raqamli iqtisodiyot sohalarining yuqori turuvchi davlat idoralari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari va yirik IT kompaniyalar ishtirok etishmoqda.