🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zo davlatlari universitetlari ishtirokidagi Ipak yo‘li universitetlari alyansining (UASR) “Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash uchun raqamli ta’limni rivojlantirish” mavzusidagi forumda ishtirok etmoqda.
👥 Forum doirasida Universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori J.Sultanov mamlakatimizda IT xizmatlar eksportini rivojlantirish, bunda xorijiy IT kompaniyalarning O‘zbekistonda faoliyat yuritishlari hamda yoshlarni IT ta’lim bilan qamrab olish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’ruza qildi.
🗒 Ma’lumot uchun: UASR (University Alliance of the Silk Road) oliy taʼlim sohasida ochiqlik va xalqaro hamkorlikka yoʻnaltirilgan nodavlat va notijorat tashkilotdir. Ipak yo‘li universitetlar alyansi iqtidorlarni o‘qitish, akademik va madaniy almashinuv, ilmiy hamkorlik va taʼlim sohasidagi institutsional hamkorlikni rivojlantiradi. TATU Ipak yo‘li universitetlari alyansining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi.