Kuni kecha, 24-fevral kuni, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdikulova boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib, muassasa rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi va muassasa faoliyati, o‘qituvchilar va talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.