Seul shahridaSNU va TATU o‘rtasidagi hamkorlikning 10-yilligi nishonlandi

  • Asosiy
  • Seul shahridaSNU va TATU o‘rtasidagi hamkorlikning 10-yilligi nishonlandi

2015 yil 16-22 dekabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul milliy universitetida (Seoul National University, SNU) "Axborot texnologiyalari sohasidagi dunyo innovatsiya tarmog‘i 2015” va "Green Smart taraqqiyoti va istiqbollari 2015” xalqaro anjumani o‘tkazilib unda TATU Samarqand filiali direktori A. Xoldjigitov, TATU Nukus filiali direktori B. Kayipbergenov va TATU Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A. Radjievlar tashkilotchilar qatorida qatnashdilar.

Ushbu anjuman dasturiga binoan, 2015 yil 17 dekabr kuni aynan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun ajratilib, anjuman mobaynida "TATU va Koreya oliygohlarining hamkorligi va kelajakdagi istiqbollari”, "O‘zbekiston va Koreyaning AKT sohasidagi strategik hamkorligining rivoji” va "Elektron hukumati yo‘nalishida O‘zbekiston-Koreya munosabatlarini yanada mustahkamlash” kabi bir qator mavzularda davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Polsha, Nepal, Janubiy Afrika kabi 12 nafar mamlakatdan kelgan AKT mutaxassislari TATU tomonidan tayyorlangan taqdimotlarni tingladilar. Uchrashuv mobaynida TATU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A. Radjiev, TATU xududiy filiallari direktorlari hamda mezbon oliygoh professori Jun Sok Xvanglar taqdimot qildilar. Bunga qo‘shimcha ravishda TATUning ikki nafar professorlari onlayn tizim orqali "Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limdagi ahamiyati” ga oid mavzularda taqdimot qilishdi. Qo‘shimcha ravishda hozirgi kunda shartnoma asosida tavsiya etilgan 2 nafar TATU talabasi SNU ITPP dasturi bo‘yicha olib borayotgan ilmiy ishlari bo‘yicha taqdimot qildilar.

Ma’lumki, ITPP dasturi Seul milliy universiteti 2005 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib hozirgi kunga qadar O‘zbekistonning AKT hamda elektron hukumati sohasi uchun yetakchi mutaxassislarni yetkazib bermoqda. Hususan, Nurilla Mahamatov ushbu dastur yordamida 2008 yili PhD darajasini qo‘lga kiritib hozirgi kunda Inxa universitetining Toshkentdagi filialida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari Elyor Raxmanov 2011 yilda ITPP dasturi orqali PhD darajasini qo‘lga kiritib xozirda elektron hukumatini rivojlantirish markazida direktor o‘rinbosari lavozimida, Hurshid Sultonov esa Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirlining o‘quv jarayoniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Anjumanningyakuniyqismi, 2015 yil 21 dekabrkuni Seul milliyuniversitetingtantanalarzalidabo‘libo‘tdi. Ushbu kun Seul milliyuniversitetivaToshkentaxborottexnologiyalariuniversitetio‘rtasidagihamkorlikning 10 yilligigabag‘ishlandi. Marosim davomida SNU professori Jun Sok Xvang hamda TATU xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ayubxon Radjievlar ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni kelajakdagi istiqbollari to‘g‘risida taqdimot qildilar.

 

 

Seul shahridaSNU va TATU o‘rtasidagi hamkorlikning 10-yilligi nishonlandi

 

Seul shahridaSNU va TATU o‘rtasidagi hamkorlikning 10-yilligi nishonlandi

 

Seul shahridaSNU va TATU o‘rtasidagi hamkorlikning 10-yilligi nishonlandi

 

Seul shahridaSNU va TATU o‘rtasidagi hamkorlikning 10-yilligi nishonlandi