Joriy yilning 23-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Janubiy Koreyaning Kookmin Universiteti (KMU) talabalari o’rtasida rejalashtirilgan “Xakaton”ning uchrashuv sessiyasi tashkil etildi.
Ushbu xakaton Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Kookmin universiteti talabalari o‘rtasida o‘zaro bir birini tushunish va hamkorlikni rivojlantirishga oid loyihalar ustida ishlashga qaratilgan.
Talabalar ushbu “Xakaton” doirasida muammolarni hal qilishning ijodiy dasturi, mijozlarni tushunish jarayonlari ustida ish olib boradilar.