“Sen tomon talpinar yurak” nomli hujjatli film namoyish etildi.

  • Asosiy
  • “Sen tomon talpinar yurak” nomli hujjatli film namoyish etildi.

🏛Joriy yilning 5-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faollar zalida Dasturiy injiniringi fakulteti talaba-yoshlariga “Sen tomon talpinar yurak” nomli hujjatli film namoyish etildi.

✅Mazkur kinokartinada talabalar O‘zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad va uning rafiqasi taniqli shoira Saida Zunnunovaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan, 1950-1955 yillar voqealarini o‘z ichiga oladi. Unda sevgi va sadoqat, ma’naviy barkamollik va ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi kabi g‘oyalar singdirilgan. Ushbu hujjatli film talabalarda katta taassurot qoldirdi.