8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faollar zalida "SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faollar zalida "SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" bayrami munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faollar zalida "SEN AZIZ VA MUQADDASSAN AYOL" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbirni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov kirish so‘zi bilan ochib berib "Mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash, ayollarning turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, qobiliyat va intilishlarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotganini" ta’kidlab o‘tdilar.
 
Bayram dasturi davomida, el suygan xonandalar ijrosidagi kuy qoʼshiqlar barchaga hush kayfiyat ulashdi. Bayramga bag‘ishlangan videorolik, serjilo raqslar barchaga bahoriy kayfiyat baxsh etdi.
Tadbirdan soʼng, bayram talabalar turar joyida ham davom etdi. Universitet rahbariyati talaba qizlarimizni bayram bilan tabrikladilar.
 
Darhaqiqat, barchamiz uchun aziz va mo‘’tabar bo‘lgan ayol zoti haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalombor, bizni dunyoga keltirib, oq yuvib – oq taragan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta’zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so‘zga eng munosib zot bu – avvalo Onadir. Biz ona nomini azal-azaldan ulug‘lab, unga e’zoz va ehtirom ko‘rsatib kelgan xalqmiz.