Xalqaro hamkorlikdagi seminar

  • Asosiy
  • Xalqaro hamkorlikdagi seminar
11 oktyabr kuni TATUning «Algoritmlash va matematik modellashtirish» kafedrasida boshqa universitetlarning turdosh kafedralari bilan xalqaro hamkorlik doirasida Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining dotsenti, f.m.f.n. Nikolay Yurevich Volkov ishtirokida ilmiy seminar o‘tkazildi. Seminarda N.Yu.Volkov “Дискретная математика: Бульева логика, к-значная логика, теория автоматов” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, seminar doirasida diskret matematika fanining rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan olimlar, fanning zamonaviy yutuqlari, fanning ishlab chiqarish va mudofaa sohalarida qo‘llanilishi haqida fikr almashildi.

Ushbu ilmiy seminar kafedra mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Yu.Abduraxmanova rahbarligida tashkil etilgan bo‘lib, unda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori B.Usmonov, Dasturiy injiniring fakulteti dekani D.Abdullaev, “Algoritmlash va matematik modellashtirish” kafedrasining professor-o‘qituvchilari va Dasturiy injiniring fakultetining iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.