![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetining professor-o‘qituvchilariga “Milliy va xalqaro reyting” bo‘limi tomonidan universitetni xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
⭐️Seminar davomida universitetning xalqaro reytinglardagi nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy mezonlar va ko‘rsatkichlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
📌Ma’lumot uchun, TATU xalqaro reytinglarda quyidagi o‘rinlarni qayd etgan:
🔺QS Central Asia Ranking — #33
🔺QS Asia Ranking — #557
🔺Times Higher Education (THE) — #1501+
🔺THE Sustainability Impact Ranking — #401–600
🔺Round University Rankings — #736





