Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan "Xotin-qizlar va erkaklar oʼrtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon boʼladigan ijtimoiy jihatlari" mavzusida seminar boʼlib oʼtdi.
Seminarda yuristlar malakasini oshirish markazi dotsenti Sh.K.Gʼanibayeva spiker sifatida ishtirok etdi va mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib oʼtdi. Talabalar gender tengliligiga bag‘ishlangan ushbu mavzu doirasida oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.