Ijodiy seminar bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • Ijodiy seminar bo'lib o'tdi
21 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Televizion texnologiyalar” fakulteti “Hujjatli-ishchi kinooperator” kursi bitiruvchi talabalari bilan ijodiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali kinooperator, Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbektelefilm” studiyasida ishlagan, hozirda “Dunyo bo‘ylab” telekanalida faoliyat yuritayotgan Anvar Avazxodjayev ishtirok. A.Avazxodjayev san’at, hujjatli film va telestudiyada kinoteleoperatorlarning mutaxassisligi yo‘nalishi yuzasidan ma'lumotlar berdi.U sport musobaqalarini suratga olishning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘zlab berdi, yorug‘lik va videokamera bilan ishlash sirlari haqida o'rtoqlashdi.
Seminar davomida TTI kafedrasi muduri B.Bazarbayev, o‘qituvchilar: Sh.Xusanov, A.Abduraximov, A.Mamadaliyev va hujjatli-kinorejissor Sh.Xodjayevlar ham kasb mahorati haqida o'z fikrlarini bildirdilar. Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.