“Seeds for the Future” flagman ta’lim dasturining 2019-yilgi ishtirokchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktorantura (PhD) izlanuvchisi hamda Huawei ICT Competition 2024–2025 musobaqasining mintaqaviy bosqichi finalchisi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o‘g‘li “Generation Connect Young Leadership Programme” (GCYLP) dasturining uchinchi avlod ishtirokchilari safidan joy oldi.

  • Asosiy
  • “Seeds for the Future” flagman ta’lim dasturining 2019-yilgi ishtirokchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktorantura (PhD) izlanuvchisi hamda Huawei ICT Competition 2024–2025 musobaqasining mintaqaviy bosqichi finalchisi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o‘g‘li “Generation Connect Young Leadership Programme” (GCYLP) dasturining uchinchi avlod ishtirokchilari safidan joy oldi.

Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan Huawei bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan GCYLP dasturi yosh raqamli liderlarni qo‘llab-quvvatlashga, ularning innovatsion g‘oyalarini o‘z hamjamiyatlari uchun amaliy ahamiyatga ega yechimlarga aylantirishiga ko‘maklashishga qaratilgan. GCYLP dasturining uchinchi avlod ishtirokchilari 150 ta mamlakatdan 6 700 nafar nomzod orasidan xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan o‘tkazilgan saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan yosh tashabbuskorlardir.

Kelgusi bir yil davomida 24 ta mamlakatdan 30 nafar ishtirokchi ITU va Huawei ko‘magida raqamli rivojlanish loyihalarini amalga oshirish uchun zarur resurs va ko‘makka ega bo‘ladi. Ushbu loyihalar inklyuziv va yanada farovon raqamli kelajakni barpo etishga xizmat qiladi.

2026-yil 14–18-sentabr kunlari GCYLP dasturining uchinchi avlod ishtirokchilari innovatsiyalar, loyihalarni boshqarish va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘quv haftasida ishtirok etish uchun Jenevada jamlanadi. Ishtirokchilar o‘zlarining raqamli rivojlanish loyihalari va g‘oyalarini yangi bosqichga olib chiqish uchun ekspertlar ko‘magidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🏆Mohirjonni ushbu yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz va dasturdagi ishtirokida muvaffaqiyat tilaymiz!

https://www.itu.int/generationconnect/empower/generation-connect-young-leadership-programme-in-partnership-with-huawei/itu-generation-connect-young-leadership-programme-cohort-2026/