Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti SCImago reytingi (SCImago Institutions ranking)da yuqori o‘rinlarda qayd etildi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti SCImago reytingi (SCImago Institutions ranking)da yuqori o‘rinlarda qayd etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti SCImago reytingi (SCImago Institutions ranking)da yuqori o‘rinlarda qayd etildi.

SCImago Research Group tomonidan e’lon qilingan butun dunyo tadqiqot institutlarining xalqaro reytingi “SCImago Institutions ranking”da Muhammad al-Xorazmiy nomoidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti umumiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha O‘zbekiston OTM va institutlari o‘rtasida 4 hamda dunyo bo‘yicha 729-o‘rinda qayd etildi.

Bundan tashqari Tadqiqot reytingida O‘zbekiston OTM va institutlari o‘rtasida 3 hamda dunyo bo‘yicha 426-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Innovatsion reytingda mazkur ko‘rsatgichlar mos ravishda 3 hamda 437-o‘rinlarda baholangan. Ijtimoiy reytingda universitetning butun dunyodagi ko‘rsatgichlari yuqori baholanib 249-o‘rinda qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: Mazkur reyting 2009-yildan beri SCImago Research Group tomonidan butun dunyo bo‘ylab tadqiqot institutlarining xalqaro reytingi “SIR World Report”ni chop etib keladi. Reyting sektoridan biri bo‘lib oliy ta’lim sohasi qamrab olingan. Unga ko‘ra universitet va institutlarning tadqiqot natijalari, xalqaro hamkorlik aloqalari va nashr tezligi kabi ko‘rsatgichlari baholanadi.