SARDOBA, BIZ SEN BILAN!

  • Asosiy
  • SARDOBA, BIZ SEN BILAN!

Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida yuz bergan favqulodda holat tufaydi sardobalik hamyurtlarimiz ancha qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bunday vaqtda hamyurtlarimizga ijtimoiy ko‘mak, shuningdek, cheksiz mehr, dalda zarur.

Shu kunlarda muhtaram yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizdagi ko‘plab korxona-tashkilot rahbarlari ham sardobalik yurtdoshlarimizning koriga yarash, ularga dalda, ko‘mak bo‘lish uchun Sardobada bo‘lib turibdi.

Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori T. Z. Teshabayev rahbarligida bir guruh xodimlar Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi maktablardan biriga joylashtirilgan 125 nafar sardobalik hamyurtlarimizning og‘ir kunlarida birga bo‘lish, vatandoshlarimizning dardini o‘z dardidek his qilib ularga ruhiy dalda berishdek ulkan va sharafli vazifani ado qilishmoqda.

Mir Alisher Navoiy: “Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Kaʼba vayron bo‘lsa, obod aylagay” deb aytganidek, universitet rahbariyati ham Sardobalik hamyurtlarimiz bilan suhbatlar o‘tkazib, ularga ham moddiy ham maʼnaviy ko‘maklar berishmoqda.

Bugun universitet rahbariyati tomonidan 125 nafar sardobalik hamyurtlarimiz uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

TATU matbuot xizmati