O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o’qish uchun nomzodlar tanlab olinadigan ta’lim yo’nalishlari tasdiqlandi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4122-son “O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori talablariga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan nomzodlar quyida keltirilgan ta’lim yo’nalishlarida taxsil olayotgan talabalar orasidan saralab olinishi tasdiqlandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan tanlovda ishtirok etishi mumkin bo’lgan ta’lim yo’nalishlari ro’yxati:
- Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar);
- Axborot xavfsizligi (sohalar bo’yicha);
- Televideniya, radioaloqa va radio eshittirish;
- Mobil aloqa tizimlari;
- Kompyuter injiniring (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servisi”, “Multimedia texnologiyalari”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”);
- Dasturiy injiniring;
- Kompyuter grafikasi va dizayn;
- Audio-video texnologiyalar.
TATU matbuot xizmati