TATUga Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti vakillarining tashrifi

  • Asosiy
  • TATUga Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti vakillarining tashrifi
21 sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Rossiya Federatsiyasining M.A.Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetining tarbiyaviy va jamoat ishlari prorektori va xalqaro hamkorlik bo’lim boshlig’idan tashkil topgan delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi. SHu kuni delegatsiya vakillarining universitet rahbariyati bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida TATU tarixi va hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida mehmonlarga ma’lumotlar berildi va ikki universitet o’rtasida yaqin aloqa o’rnatish yuzasidan bo’lgan masalalar muhokama qilindi. Unga binoan, TATU hamda prof. M.A.Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti bilan kelajakda professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy ishlar bo’yicha hamkorlik loyihalarini amalga oshirish kabi turli yo’nalishlarda muzokaralar olib borildi.