Samjin Korea Co., Ltd va DVP Start-Up kompaniyalarni o‘zida birlashtirgan Samjin World Innovator Co., Ltdga tashrif buyurishdi.

  • Asosiy
  • Samjin Korea Co., Ltd va DVP Start-Up kompaniyalarni o‘zida birlashtirgan Samjin World Innovator Co., Ltdga tashrif buyurishdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Yusupov, Texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘limi boshlig‘i S.Mahmudjanov va Sun’iy intellekt kafedrasi professori Seung Jik Li Janubiy Koreyaning yirik IoT global kompaniyasi hisoblangan hamda Samjin Precision Co., Ltd., Samjin JMC Co., Ltd., Samjin Korea Co., Ltd va DVP Start-Up kompaniyalarni o‘zida birlashtirgan Samjin World Innovator Co., Ltdga tashrif buyurishdi.

📌Tashrif davomida kompaniya bosh ijrochi direktori Jeon Tae Hee va kompaniya prezidenti Jeong Ho Young bilan uchrashuv tashkil etilib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Samjin labaratoriyasini tashkil etish, TATU professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha stajirovkalar tashkil etish hamda universitet bitiruvchi talabalarini kompaniyaga ishga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama etildi.