Samarqandlik talaba 14 yilga qamaldi
Samarqandlik talaba universitet shartnoma pulini to‘lash uchun pul ishlash istagida giyohvand moddalarni tashishga rozi bo‘ldi. Bu ishi uchun talabaga $1 000 AQSH dollari to‘lashga va’da berishgan.
Talaba daraxt ostida yashiringan giyohvand moddalarni olib ketayotganda qo‘lga olindi. Unga 14 yillik qamoq jazosi berildi.