Samarqanddagi baynalmilal forumning ilk kunidan yorqin lavhalar

  • Asosiy
  • Samarqanddagi baynalmilal forumning ilk kunidan yorqin lavhalar




Forumning birinchi kunining ikkinchi yarmida TATU talabalari va xorijiy ishtirokchilar o‘rtasida OQ Quiz hamda “Zakovat” intellektual bellashuvlari o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bilimlar bellashuvi yoshlarning tafakkuri, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini yana bir bor namoyon etdi.

Intellektual bellashuvlar yakunida g‘olib jamoalar munosib esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kun yakunida tashkil etilgan musiqiy dastur esa forum ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashib, millatlararo do‘stlik muhitini yanada mustahkamladi.

Turli davlatlardan tashrif buyurgan yuzdan ziyod xorijlik yoshlar hamda talabalarimiz bir maydonda jam bo‘lib, bilim va madaniyat orqali yaqinlashmoqda.