Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari bilan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi
Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.
Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu qadimiy shahar haqida juda ko‘p tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab yashnagan, savdo-sotiq markaziga aylangan va eng yuksak kamolotga yetgan.