Oʻzbekiston Milliy arxivi Oʻzbek xalqining buyuk yozuvchisi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalarning hayoti va ijod faoliyatlarini aks ettiruvchi 1940–2008-yillarga oid 1167 ta hujjatlar toʻplamini qabul qilib oldi.
Ularning shaxsiy fondida quyidagi qiziqarli hujjatlar oʻrin olgan: jurnal sahifalarida chop etilgan asarlar va maqolalar, sheʼr va hikoyalar, yozishmalar, mukofotlash boʻyicha materiallar, fotosuratlar va boshqalar.
Ushbu hujjatlar Said Ahmad va Saida Zunnunovaning qizlari Nodira Husanxoʻjayeva tomonidan arxivga taqdim etildi.
"Oʻzarxiv" agentligi Axborot xizmati