Joriy yilning 20-may kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi chogʻida ushbu dargohni adabiyot, maʼrifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayyan oliy oʻquv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar bergan edilar. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur oʻrganish, ularning ibratli umr yoʻllari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligi taʼkidlab oʻtilgan edi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prezidentimizning yuqoridagi tashabbuslarini qoʻllab quvvatlagan holda 2020-yilning 10-iyun soat 11.00-13.00da TATU media markazida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston Qahramoni Said Ahmad tavalludining 100-yilligiga bagʻishlangan onlayn konferensiya tashkil etmoqda. Onlayn konferensiyani ZOOM platformasida tashkil etish koʻzda tutilgan boʻlib, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, adiblar, adabiyotshunos olimlar, adibning shogirdlari va zamondoshlari, keng jamoatchilik vakillari hamda Said Ahmadning oilasi va farzandlari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Konferensiyada ommaviy axborot vositalari, yosh ijodkorlar va adabiyot muxlislari ishtirok etishi mumkin.
Tashkilotchilar: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
Identifikator: 86048163441
Parol: 898528
TATU matbuot xizmati