Joriy yilning 24-26 aprel kunlari Toshkentdagi Yoshlar ijodiyot markazida “Expo-Russia Uzbekistan 2019” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo’lib o’tadi. Ko‘rgazmada ishtirok etishga Rossiyaning eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalari — energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, neft-kimyo va kimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, telekommunikatsiya va aloqa, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, tibbiyot va farmatsevtika, ta’lim, bank, xalqaro huquq yo‘nalishidagi ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar taklif etilgan.
Ko‘rgazma doirasida Toshkent biznes-forumi, O‘zbekiston va Rossiyaning iqtisodiy hamkorligiga oid konferensiya, shuningdek, B2B formatidagi muzokaralar va davra suhbatlari ham o‘tkaziladi.
Ko’rgazmada ishtirok etish uchun ushbu havolani bosing va ro’yxatdan o’ting.
TATU matbuot xizmati