Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulov boshchiligida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Nijegorod (Rossiya Federatsiyasi) viloyati gubernatori va universitetlari delegatsiyasi bilan uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov ishtirok etdi.
Tomonlar oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilib, ta’lim maskanlari o‘rtasidagi aloqalarni jadallashtirishga e’tibor qaratdilar. Mehmonlarga mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifati va uning xalqaro ta’lim makonida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha belgilangan maqsadlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida TATU va Nijegorod viloyatining Labochevskiy nomidagi Nijegorod davlat universiteti, Minin nomidagi Nijegorod davlat pedagogika universiteti o‘rtasuda hamkorlik memorandumi va shartnomalar imzolandi.