Yosh dasturchilar uchun “ROBO CODERS 2019“ tanlovi e'lon qilindi!

  • Asosiy
  • Yosh dasturchilar uchun “ROBO CODERS 2019“ tanlovi e'lon qilindi!

2019-yilning 4-fevralidan 15-fevraligacha qadar “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan “ROBO CODERS 2019“ yosh dasturchilar tanlovi oʻtkaziladi. Mazkur tanlovda yosh dasturchilar bir-biri bilan koʻnikma va bilim darajalarida raqobatlashish, avtomatlashtirilgan mashinalar yaratish uchun kod yozish orqali o'zlarining bilim va koʻnikmalarini oshiradilar.

“ROBO CODERS 2019” respublika yoshlar tanlovi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Tanlov tashkilotchilari:

• “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi” MChJ;

• “ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY” MChJ;

• Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.

“ROBO CODERS 2019” respublika tanlovi nizomini shu yerdan yuklab olishingiz mumkin: pdf

Batafsil maʼlumotni +998 71 238 99 44 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib olishingiz mumkin.