TATU o‘qituvchilari respublika miqiyosidagi seminarda

2017 yilning 16-17 aprel kunlari Samarqand shahrida pochta xizmatida xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan respublika miqyosidagi seminarda TATUning «Pochta aloqasi texnologiyasi» kafedra mudiri Z.M. Otaqo‘ziyeva va ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi E.T. Ishdavletova lar ishtirok etishdi.

E.Ishdavlatova seminar davomida «Перспективы внедрения технологии «BioTrack» в филиале «Xalqaro pochtamt» AO «O'zbekiston Pochtasi» mavzuida ma’ruza qildi.

Seminar doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zbekiston pochtasi» AJ boshqaruv apparati xodimlari, pochta xavfsizligi xizmati inspektorlari, «UNICON.UZ» Davlat Unitar Korxonasi, Samarqand viloyatining o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha bo‘limi, Samarqand viloyati radiologiya bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan pochta aloqasida xavfsizlikni ta’minlash va sifatni oshirish yuzasidan fikr almashildi.