Respublikamiz Mexatronika va Robotetexnika sohasi yana dunyo e’tibori markazida!
Erasmus+ loyihalari doirasida olib borilayotgan xalqaro MechaUz: Innovatsion g‘oyalar va raqamli texnologiyalar orqali O‘zbekistonda bakalavriat yo‘nalishi uchun mexatronika va robototexnikani modernizatsiya qilish loyihasi doirasida Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida, xususan Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida olib borilayotgani ishlar xalqaro tashkilotlar va dunyo mamlakatlari tomonidan doimiy katta qiziqish bilan kuzatib kelinmoqda.
Joriy yilning 16-20-may kunlari Toshkent Turin politexnika universiteti ushbu loyiha ishtirokchilari va xalqaro qiziquvchi tashkilotlar ishtirokida o‘tadigan kengaytirilgan majlisiga mezbonlik qilmoqda.
Yig‘ilish ishtirokchilari sifatida O‘zbekiston OTM lari bilan bir qatorda Gretsiya, Latviya, Portugaliya OTM vakillari hamda bir nechta xalqaro tashkilotlar taklif o‘tilgan bo‘lib, 16 -may sanasida o‘tkazilgan ochilish marosimida faol ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida chet el mutaxassislari bilan bir qatorda Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari Hamdamov U.R. va Xujamatov H.E. lar ham so‘zga chiqishdi. Kun yakuniga ko‘ra Respublikamizda joriy qilingan laboratoriyalar, jumladan universitetimizda tashkil etilgan “Mexatronika va robototexnika” laboratoriyalari prezentatsiyalari amalga oshirildi. Yig‘ilish davomida OTMlar laboratoriyalari va INNO texnoparkiga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.