Respublika OTMlari axborot xizmati rahbarlari TATU tajribasi bilan tanishishdi!

  • Asosiy
  • Respublika OTMlari axborot xizmati rahbarlari TATU tajribasi bilan tanishishdi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar doirasida Respublika OTMlarining axborot xizmati rahbarlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Tashrif davomida mehmonlar:

⏺Universitetda yaratilgan zamonaviy sharoitlar;
⏺TATU Media markazi va Matbuot xizmatining ishlash mexanizmi;
⏺Iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan media mahsulotlar bilan tanishishdi.

TATU Matbuot xizmati rahbari tomonidan so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat va innovatsion PR yondashuvlar haqida taqdimot qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

✅Shundan so‘ng, seminar dasturiga muvofiq, tinglovchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

Qayd etilganidek, seminar doirasidagi muloqot axborot xizmatlari o‘rtasida tajriba almashish, raqamli texnologiyalarni samarali yo‘lga qo‘yish borasida muhim zamin bo‘ldi.