Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi va kontest doirasida IT Park Cup tanlovi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi va kontest doirasida IT Park Cup tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi va kontest doirasida IT Park Cup tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa official.contest.yandex.com platformasida 5 soat davomida o‘tkazildi, jami 12 ta masala berildi va 15 ta jamoa yarim finalga yo‘llanma oldi.

Eng quvonarlisi, ularning 9 tasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarining terma jamoalaridir.TATUning yarim finalga yo‘llanma olgan jamoalar quyidagilar:

1-Code of Duty (Umurzoqov Quvonchbek, Miroqilov Davlatbek, Qodirov Jamshidxon)
Murabbiy: Abdukarimov S.
2-Algo Experts (Qarshiyev Asadbek, Jaxongir Qayumjonov, Jalolov Ibrohim) Murabbiylar: Qodirov Z.Hojiyev S.
3-IMA (Ahmadjonov Ibrohim, Ma’rufjonov Azizbek, Muhammadjafar Zokirov) Murabbiylar: Hojiyev S. Qodirov Z.

Ushbu jamoalarga 2023-yil dekabr oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalida omad tilab qolamiz.

Natijalarni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin

(https://official.contest.yandex.com/contest/53824/standings/)