Davra suhbatida Toshkent Reproduktiv salomatlik markazi mutaxassislari, jumladan, markaz ginekologi Azimova Muqaddas Zuratovna va markaz pediatri Abdumuminova Kamola Sabirovnalar hamda universitet ayol professor-o‘qituvchilarining 65 nafari va talaba qizlarning 50 nafari ishtirok etdilar.
COVID-19 profilaktikasi, reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzi, ayollar va qizlarda sut bezi va reproduktiv aʼzolar o‘smasi kasalliklarining oldini olish mavzularida mutaxassis maʼruzalari tinglandi.
Tinglovchilarning savollariga mutaxassislar javob berdilar va Toshkent shahar aholi reproduktiv salomatlik markaziga barcha TATUda faoliyat olib borayotgan ayol PO‘lar va talaba qizlarni bepul tibbiy ko‘rikka taklif etdilar.
TATU matbuot xizmati