Tashrif jarayonida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning turar joy sharoitlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilib, is gazidan zaharlanish xavfini oldini olish hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.
Universitet rahbariyati tomonidan talabalar uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Mazkur tashriflar talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning ta’lim jarayoniga bo‘lgan e’tibor va motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi.

